23:37 / 11.11.2021
2 451

DXX Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga oldi

DXX Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga oldi
Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati
DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda 9 noyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Xovos tumanida yashovchi B.T. va uning bir nechta hamfikrlari internet orqali Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari a’zolarining ta’siriga tushib, yaqin aloqalari orasida ekstremistik mazmundagi, xususan, jihodga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgan.

Shuningdek, guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyaga borib, terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilishni maqsad qilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar olingan.

Guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida, ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mavjud materiallar asosida B.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olingan. Xabarda aytilishicha, hozirda B.T. va uning aloqalariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolarini qo‘lga oldi