2 208
Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2021 yil 13 noyabrdan boshlab Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 770/769-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdlarining qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemir yo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qatnovlar haftaning shanba, yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Harakat jadvaliga ko‘ra shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tib, soat 12:47 da Buxoro-1 temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.
Shuningdek, 769-sonli «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro-1 temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keladi.
Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan «Afrosiyob» zamonaviy poyezdlari esa o‘z harakat jadvali bo‘yicha harakatlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi