
Epshteyn-Barr virusi keltirib chiqaradigan mononuklyoz mavsumiy infeksiyalarga va "COVID-19"ga o‘xshash alomatlarga ega. Bu haqda Turkiyaning "Sabah" nashri xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, mononuklyozning boshqa yuqumli kasalliklardan asosiy farqi limfa tugunlarining kattarishi hisoblanadi. Bundan tashqari, alomatlar orasida bodomsimon bezlarning shishishi, jigar va taloqning shikastlanishi ham mavjud.
"COVID-19 tarqalish jarayonida mononuklyozni aniqlash oson emas. Farqni limfa tugunlari, bodomsimon bezlar, jigar va taloqning kattalashishi bilan tushunish mumkin", deyiladi nashrda chop etilgan maqolada.
Ta’kidlanishicha, mononuklyoz nisbatan sekin rivojlanadi. Uning alomatlari orasida isitma, bosh og‘rig‘i, turli og‘riqlar, zaiflik, toshma va limfa shishi mavjud. Bularning barchasi infeksiya bilan zararlangandan to‘rt-olti hafta o‘tgach o‘zini namoyon qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar