Foto: Marie Claire
Inson tanasidagi suyuqlik darajasiga nafaqat kuniga ichadigan suv miqdori, balki iste’mol qilayotgan mahsulotlar ham ta’sir qiladi. Quyida qaysi meva va sabzavotlar ichki faoliyatga hissa qo‘shishi haqida bilib oling.
Havo harorati, ish faoliyati va boshqa ko‘plab omillar tufayli organizm har kuni sezilarli miqdorda suyuqlik yo‘qotadi. Ammo ichki energiya va faollik ham bevosita tananing suyuqlik darajasiga bog‘liq. Shuning uchun tananing normal suv muvozanatini saqlash har bir inson uchun eng muhim vazifadir.
Har bir inson individualdir. Ba’zilar uchun kerakli miqdorda suv ichish orqali suv balansini to‘ldirish kifoya, boshqalar uchun oziq-ovqat bilan suyuqlik darajasini oshirish qulayroqdir. So‘nggi tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, ikkala usul ham samarali va bir-birini to‘ldiradi.
Bodring — suv miqdori 96 foiz
Bodring yuqori suv miqdori bilan bir qatorda, kaliy, fosfor, magniy va kalsiyga boy manba hisoblanadi. Turli xil bodring qo‘shilgan salat, smuzi va salqin ichimliklarni ratsionga kiritish organizmda suv miqdorini tiklashning ajoyib usulidir.
Selder — suv miqdori 95 foiz
Bu ko‘kat tarkibidagi suv miqdori, kletchatkaning ko‘pligi, shuningdek, ovqat hazm qilishni faol ravishda rag‘batlantirishi tufayli vaznni saqlashga yordam beradi. Selder K vitamini va fosforga boy. Ushbu mahsulot har qanday go‘shtga mukammal darajada ta’m beradi.
Ismaloq — suv miqdori 93 foiz
Ismaloq ajoyib mineral va vitaminlarning haqiqiy omboridir. Unda temir, kaliy, rux, magniy, kalsiy va yod kabi suv va minerallarning yuqori miqdori mavjud. Uning yordamida sho‘rva, pirog, shuningdek, turli xil salatlar tayyorlash mumkin. Bundan tashqari, ko‘katlar ovqatning ancha oson so‘rilishiga yordam beradi.
Tarvuz — suv miqdori 91 foiz
Ko‘pchilik sevadigan ushbu poliz ekini suv, temir, magniy va kletchatkaga boy. Shuningdek, tarvuz suv miqdorini qayta tiklash uchun mukammal tetiklantiruvchi hisoblanadi. Tarvuzdan foydalangan holda ajoyib ichimliklar tayyorlash mumkin.
Qulupnay — suv miqdori 91 foiz
Suv miqdori yuqori bo‘lgan eng tetiklantiruvchi rezavorlardan biri. Kokteyl, smuzi, salatlar va, albatta, shirinliklar ushbu suvli mahsulotisiz bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tarkibida C, K vitaminlari va yurak sog‘lig‘i uchun pigment flavonoid mavjud.
Brokkoli — suv miqdori 90 foiz
Yuqori suv darajasidan tashqari, sabzavot tarkibida foydali antioksidantlar, A va K vitaminlari, temir, kalsiy va foliy kislotasi mavjud. Brokkolidan sho‘rva, pirog, salat va kotletlar – taomlar ro‘yxati shunchalik xilma-xilki, retsept tanlashda hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Greypfrut — suv miqdori 90 foiz
Bu nordon ta’mli meva vazn yo‘qotish uchun, shuningdek, qon bosimini normal holatga keltirish uchun foydalidir. Greypfrut qo‘shilgan turli xil kokteyl va salatlardan voz kechmaslik kerak.
Apelsin — suv miqdori 86 foiz
Ko‘p miqdorda suv va vitamin C, shuningdek, magniy, selen va misga ega bo‘lgan sitrus oilasining mevasi immunitet va asab tizimining faoliyatini mukammal darajada qo‘llab-quvvatlaydi. Apelsinni ratsionga sharbat, pirog yoki salatlarning tarkibiy qismi sifatida qo‘shish tavsiya etiladi.
Ananas — suv miqdori 87 foiz
Suvga boy ekzotik meva har qanday salatlar va taomlarni boyitadi va organizmning suyuqlik bilan to‘yinishiga yordam beradi.
Olma — suv miqdori 86 foiz
Suv miqdori yuqori bo‘lgan past kaloriyali olma antioksidantlar va vitaminlarning boy manba sanaladi. Bu meva yangi salatlar va pirog tayyorlash uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi