O‘zbekistonda shamol energetikasi hajmini 5 000 MVtgacha yetkazish rejalashtirilmoqda

1 daqiqa o'qish1.8K
O‘zbekistonda shamol energetikasi hajmini 5 000 MVtgacha yetkazish rejalashtirilmoqda
Foto: Getty Images
O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari (SHES)ni qurish uchun aniqlangan yer maydonlaridagi shamol potensiali ko‘rsatkichlari jahonda mavjud shamol elektr stansiyalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori hisoblanadi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda SHESlarni qurish bo‘yicha bir nechta loyihaga start berilgan.

Jumladan, BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyati Tomdi tumanida qiymati 600 million AQSH dollari bo‘lgan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Ushbu stansiya 2024 yilda to‘liq foydalanishga topshirilgach, yillik 1,8 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 1 yilda 546 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Buxoro viloyati G‘ijduvon va Peshku tumanlarida qiymati 1,3 milliard AQSH dollari bo‘lgan 1000 MVt quvvatli 2ta SHES qurishi bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, ushbu stansiyalar 2023 yilda ishga tushirilgach, yillik 3,6 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib beriladi va yiliga 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz tejalishini ta’minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Qorao‘zak tumanlarida qiymati 110 million AQSH dollari bo‘lgan 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan birgalikda tanlov o‘tkazildi. “ACWA Power” kompaniyasi 1 kVt⋅soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSH senti tarif taklifi bilan tanlov g‘olibi bo‘ldi. Ushbu stansiya 2023 yilda ishga tushgach, yiliga 350 million kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va bir yilda 106 million kub metr tabiiy gazni tejaydi.

Bildirilishicha, Energetika vazirligi shamol energetikasini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan rejalarni muddatidan oldin bajarmoqda. 2030 yilga qadar mamlakatda SHESlar umumiy quvvatini 5000 MVtga yetkazish kutilmoqda. Ularning katta qismini Qoraqalpog‘iston Respublikasida barpo etish nazarda tutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?