11:47 / 14.11.2021
1 720

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 100 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 100 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum bo‘ldi
Oliy Majlis Senatida 11 noyabr kuni Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021–2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida 2021 yilda ko‘p kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash uchun respublika budjetidan 100 milliard so‘m ajratilgan.

Xalqaro moliya institutlari va respublika budjetidan 2,5 trillion so‘m ajratilishi hisobiga Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xorazm, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining issiqlik tizimi modernizatsiya va rekonstruksiya qilinmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hududlar «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilib, bunda aholi punktlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotida muammolar mavjud bo‘lgan, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasi hamda moliyaviy holati og‘ir, Xalq qabulxonalariga kommunal xizmatlar yuzasidan ko‘plab murojaatlar tushgan, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar «qizil» hududga kiritilgan.

Bundan tashqari, ijtimoiy soha ob’ektlariga ko‘mir va ko‘mir briketini sotib olish uchun Moliya vazirligi tomonidan hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, 154 milliard 100 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Majlisda amalga oshirilgan ishlar qatorida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilmaslik holatlari mavjudligi ta’kidlandi.

Xususan, «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan 2021 yil 1 oktabrga qadar ta’mirlanishi kerak bo‘lgan 4 ta gidroagregat bugungi kunga qadar mukammal ta’mirlanmagan.

«Hududgazta’minot» AJ tomonidan gaz ta’minoti ob’ektlari va qurilmalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida gaz quvurlarini tiklash ishlari rejaga nisbatan haqiqatan 75 foizga bajarilgan, ayniqsa, Qarshi shahrida bu ko‘rsatkich 50 foizga, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 84,2 foizga, Xorazm viloyatida 66,7 foizga bajarilgan.

Bundan tashqari, «O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida 201 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 4 010 ming kubometr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilib, 3 milliard 592 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Respublika bo‘yicha 189 ta ko‘p kvartirali uyni mukammal ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda bajarilmagan.

Ijtimoiy soha ob’ektlarini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini 2021 yil 1 oktabrga qadar to‘liq yakunlash belgilangan bo‘lsa-da, biroq bugungi kungacha ularning 200 tasi bo‘yicha ishlar yakunlanmagan.

Majlisda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini nazarda tutuvchi tegishli qarori qabul qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 100 mlrd so‘m ajratilgani ma’lum bo‘ldi