23:01 / 14.11.2021
2 144

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga noyabrning ikkinchi yarmida borishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga noyabrning ikkinchi yarmida borishi kutilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari kelasi hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. «RIA Novosti»ning yozishicha, bu haqda «Rossiya 1» telekanalining «Moskva. Kreml. Putin» dasturida ma’lum qilindi.

«Rossiyaga Putin bilan muzokaralar o‘tkazgani O‘zbekiston Prezidenti kelmoqda. Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov va unda g‘alaba qozonganidan keyingi birinchi xorijiy safari ekanini inobatga olgan holda bu muhim voqea», — deyiladi dasturda.

Biroq xabarda O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrifi aynan qaysi kunlari amalga oshirilishiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishiga ancha vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Dastlab ushbu tashrif haqida 2020 yilning dekabrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida muhokama qilingan edi. 2021 yilning aprelida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi sanasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga borib taqalishini aytgandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga noyabr oyida tashrif buyurishi haqida Prezidentning 7 oktabr kuni Vladimir Putin bilan o‘tkazgan telefon muloqotidan ma’lum bo‘lgandi.

Rossiya TIV matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylanganidan so‘ng Istanbulda o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11–12 noyabr kunlari Turkiyada bo‘ldi. Davlat rahbari dekabr oyida Janubiy Koreyaga, 2022 yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga noyabrning ikkinchi yarmida borishi kutilmoqda