
G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–10-son, 15.11.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yildan ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022 – 2024 yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining g‘alla ekilgan har gektar maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin sotadi.
Har yili 1 avgustgacha bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda e’lon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga aralashish;
- bug‘doyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
- g‘allachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berish.
2021 – 2022 yillarda «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar