Prezidentning “Ta’lim maskanlarida biznesga o‘qitish va moliyaviy savodxonlikni oshirishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘quvchi yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish va ularning sohalar bo‘yicha tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- o‘quvchi yoshlarni maktab davridan boshlab moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda biznes yuritish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirib borish;
- o‘quvchi yoshlarning tajribali hamda el-yurt taniydigan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini joriy qilish, shuningdek ularning tajribasini va bosib o‘tgan yo‘llarini targ‘ib qilish;
- yetuk tadbirkorlar tomonidan yosh avlodga o‘z ko‘nikma va tajribalari bilan o‘rtoqlashib borish, zamonaviy fikrlovchi ishbilarmonlar avlodni o‘stirib borish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirkorlik sohasida zaruriy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan darslarni yo‘lga qo‘yish;
- tadbirkorlar tomonidan tadbirkorlik maktablarini tashkil etishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ushbu sohada keng rag‘batlantirilishi ta’minlash;
- tadbirkorlik va biznes boshqaruvi sohasida “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” tamoyilidagi uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish maqsadida talabalarga moliyaviy savodxonlikni o‘rganish bo‘yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi doirasida bosqichma-bosqich tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan darslarini kiritish choralari ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi