11:57 / 17.11.2021
2 463

Yaqin kunlarda benzin narxlarida o‘zgarish bo‘lishi aytildi

Yaqin kunlarda benzin narxlarida o‘zgarish bo‘lishi aytildi
Joriy yil boshidan buyon AI-80 markali benzinning boshlang‘ich bahosi o‘rtacha 79,3% ga o‘sib, bir tonna uchun 10 375 ming so‘mni tashkil qildi.

Bu haqda AOKAda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Respublika tovar xom-ashyo birjasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlangan.

Matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev quyidagilarni ma’lum qildi:
«Benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganildi, ko‘rsatmalar berildi, choralar ko‘rilyapti. Bu bo‘yicha idoralararo ishchi guruh ishlayapti.

Qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sishga erishilgan bo‘lsa, biz unga ta’sir ko‘rsata olmaymiz. Lekin sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin.

Xususan, benzin narxi oshishida ham manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun’iy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlandi. Bunga, albatta, kerakli choralar ko‘riladi.

Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo‘yicha harakatlar davom etyapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda o‘zgarish bo‘ladi.

Ayni paytda bozorni to‘yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e’tibor qaratilyapti.
Chunki hozir nima bo‘lyapti? Yirik, ulgurji xaridorlar juda kichik rentabellikka ishlaydi, ularning savdo jarayonida balandroq taklif berish imkoni ko‘proq.

Shuning uchun ham lotlar kichik hajmda qilinmoqda, bundan maqsad — oddiy AYOQSHlarning benzinni olishi va zaxirasini to‘ldirishiga imkoniyat yaratishdan iborat. Bu narxlar sun’iy ravishda ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi
».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaqin kunlarda benzin narxlarida o‘zgarish bo‘lishi aytildi