Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17 noyabrdagi yalpi yig‘ilishida Xalq ta’limi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklariga rahbar nomzodini ma’qullash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda deputat Doniyor G‘aniyev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga shu kunga qadar xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Shermatov nomzodi ma’qullangan. Eslatib o‘tamiz, 3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan prezident farmoni asosida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov lavozimidan ozod etilgandi.
Xalq ta’limi vaziri lavozimiga esa shu kungacha O‘zbekistonning 2017 yildan buyon Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlab kelayotgan Baxtiyor Saidov nomzodi ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Sherzod Shermatov 2018 yilning iyunidan buyon xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. U 2014 yildan 2016 yilning noyabrigacha Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lgan, 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraligacha esa axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi