Bugun Toshkentda loyli qor yoqqani bo‘yicha xabar berilgandi. Gidrometeorologiya markazi ushbu hodisa yuzasida kichik tadqiqotini e’lon qildi.
«17 noyabr 6:00 da Toshkent shahrida iflos qor yog‘di. 10:30 da qor qatlami 12 smni tashkil etdi. pH (kislotalilik), elektr o‘tkazgichlilik va ion tarkibini aniqlash uchun qordan namunalar olindi. Qor namunalari olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizg‘ish loy rangi) kuzatildi», deyiladi unda.
Ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lgan. Agar Toshkentda 14 noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘inlar bo‘lmadi. 17 noyabrda respublikaning butun xududiga shamolning tezlashishi va ba’zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi.
Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi va tuproq va qum rangini bo‘yab Toshkent shahriga cho‘kdi.
Atmosfera havosi tahlil natijalari ko‘rsatkichlari: qorning pH-9,6 ni tashkil etdi-ishqorli muhit. Odatda pH-7 bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik 73,2, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat bo‘ladi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi, deyiladi izohda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi