10:00 / 18.11.2021
2 273

Navoiyda nam salfetkani 100 mln so‘m deb berib uy egasini chuv tushirgan erkak ushlandi

Navoiyda nam salfetkani 100 mln so‘m deb berib uy egasini chuv tushirgan erkak ushlandi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida bir kecha tunash uchun notanish uyda qolgan erkak uy egasiga nam salfetkani 100 million so‘m deb bergani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, u kechki mahal qiziltepalik notanish fuqaro uyiga borib, bir kecha tunash uchun joy so‘ragan. Ertalab uy egasiga guruch savdosi bilan shug‘ullanishi aytib, Xorazmdan bir «Kamaz» yuki kelayotganini bildirgan. Oldida katta kupyuradagi pullar borligini, yukning yo‘l xarajatlari uchun esa mayda pul kerakligini aytgan erkak aldov yo‘li bilan uy egasidan 18 million 500 ming so‘m olgan.

Bundan tashqari, nam salfetkalardan qora selofanga o‘rab taxlangan buyumni 100 million so‘m deb ko‘rsatib, uni saqlab turish uchun xonadon egasiga bergan. Shuningdek, jabrlanuvchining 3 million so‘mlik telefonini ham olgan.

«Bir ahmoqgarchilik bo‘ldi-da, boshqa qaytarilmaydi», — degan sudlanuvchi.

Ma’lum bo‘lishicha, u Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 4 marta javobgarlikka tortilmoqda. U avval ham Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida sudlanib, jazoga tortilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda nam salfetkani 100 mln so‘m deb berib uy egasini chuv tushirgan erkak ushlandi