21:21 / 18.11.2021
2 564

Qidiruvdagi qarzdor Toshkent shahridan topildi

Qidiruvdagi qarzdor Toshkent shahridan topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor A.Abduvoxidovdan undiruvchi N.Abduvoxidovaning foydasiga 3 nafar voyagayetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituviga 29.04.2019 yilda kelib tushgan.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro yetish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan.

Qarzdorning mol-mulkini aniqlash maqsadida Qonunning 21-87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va ulardan kelgan javoblarda qarzdorga tegishli mol-mulklar aniqlanmagan. Qarzdorga bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish xuquqi vaqtincha cheklangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning yashash manzilida bo‘lmaganligi sababli, qarzdorga nisbatan Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan yuqorida qayd yetilgan qidiruvdagi shaxs, olib borilgan tezkor qidiruv natijasiga ko‘ra, qarzdor A.Abduvoxidov Toshkent shahar, Bektemir tumanida xufiyona ravishda istiqomat qilayotganligi aniqlanib, Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limiga olib kelindi.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor aliment pulidan bo‘lgan 17.743.000 so‘m aliment pullarini qasddan to‘lamaganligi sababli, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini hal etishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudiga topshirildi.

Sudning qaroriga asosan MJtKning 47-4-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Xulosa qilib aytganda, aliment farzandning u voyaga yet¬guniga qadar beriladigan ta’minotidir. Buni bajarish esa, har bir ota-onaning burchidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi qarzdor Toshkent shahridan topildi