08:00 / 19.11.2021
3 777

O‘zbekistonda vaksina olmagan 26 ming xodim ishdan vaqtinchalik chetlatildi

O‘zbekistonda vaksina olmagan 26 ming xodim ishdan vaqtinchalik chetlatildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati budjet tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazildi, deya xabar qilmoqda.

2021 yilning 2 avgust kuni aholi o‘rtasida ommaviy emlashni tashkil etishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Qonunga ko‘ra mehnat qonunchiligiga xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekaniga oid qo‘shimcha kiritildi.

2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan mazkur normaga rioya qilinishi yuzasidan 27 923 ta tekshirishlar o‘tkazildi.

Shundan 7 905 tasi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 20 018 tasi budjet tashkilotlarida o‘tkazilgan.

Tekshirishlar davomida jami 50 056 nafar vaksina olmagan shaxslar aniqlanib, ularning 11 244 nafari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 38 812 nafari budjet tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarni tashkil etdi.

Vaksina olmagan 26 008 nafar shaxslar ishdan vaqtinchalik chetlatilgan, 2 225 ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 175 ta ob’ektga nisbatan esa faoliyatini vaqtinchalik muddatga to‘xtatish chorasi qo‘llanildi.

«Albatta bu kabi olib borilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi salomatligini himoya qilish, pandemiyani yengishga qaratilmoqda», – deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda vaksina olmagan 26 ming xodim ishdan vaqtinchalik chetlatildi