10:19 / 19.11.2021
1 978

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy darajadagi muzokaralar 19 noyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishiga ancha vaqtdan beri tayyorgarlik ko‘rilayotgan edi. Dastlab ushbu tashrif haqida 2020 yilning dekabrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida muhokama qilingandi. 2021 yilning aprelida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Rossiyaga rasmiy tashrifi sanasi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga borib taqalishini aytgandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga noyabr oyida tashrif buyurishi haqida Prezidentning 7 oktabr kuni Vladimir Putin bilan o‘tkazgan telefon muloqotidan ma’lum bo‘lgandi.

Rossiya TIV matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti etib saylanganidan so‘ng Istanbulda o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11–12 noyabr kunlari Turkiyada bo‘ldi. Davlat rahbari dekabr oyida Janubiy Koreyaga, 2022 yilda Vengriyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi