Foto: Harper’s Bazaar
Vitamin va minerallarga ega emasligidan tashqari, glikemik indeksi yuqori hisoblangan shakar salomatlikda jiddiy muammolar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham undan tiyilish va me’yorni bilish muhim sanaladi. Harper’s Bazaar uning o‘rnini bosuvchi shirin, ammo foydali mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Steviya
Janubiy Amerikada o‘sadigan o‘simlik bargidan olinadigan tabiiy shirinlikni sportchilar, model va qomatiga befarq bo‘lmagan barcha yaxshi ko‘radi. Kaloriyasiz hisoblangan steviyani choy, qahva, shirinlik va boshqa taomlarga qo‘shsa bo‘ladi. 100 foiz tabiiy hisoblangan mahsulot organizm uchun zararsizligi bilan o‘ziga xosdir.
Yernok qiyomi
Ko‘rinishi kartoshkani esga soladigan yernokdan ta’mi gul asalinikiga o‘xshaydigan qiyom tayyorlanadi. Unda moddalar almashinuvini yaxshilaydigan pektin va organik kislotalar mujassam.
Xurmo qiyomi
Shakar o‘rnini bosuvchi eng yaxshi mahsulot sanalgan qiyom foydali vitamin, kaliy, magniy va fosforning koni. Xurmoning o‘zi ham tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Ammo bo‘tqa yoki smuziga qo‘shish uchun ayni muddao bo‘lgan xurmoning glikemik ko‘rsatkichi yuqori ekanini unutmaslik kerak.
Zarang qiyomi
Zarang daraxtining qiyomi mineral, mikroelement va B guruhi vitaminlarining koni. Yogurt, bo‘tqaga qo‘shish uchun ayni muddao ekaniga qaramay, kaloriyasi ko‘pligi sabab ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi.
Kerob qiyomi
Kerob daraxtining qiyomida mineral va foydali vitaminlar bisyor bo‘ladi. Ta’mi shokoladni esga soluvchi qiyom shirinlikka allergiyasi borlar uchun ayni muddao.
Nimalar tavsiya qilinmaydi?
Parhezshunoslar vitamin va minerallardan tashqari, 90 foiz fruktoza borligi sababli agava qiyomini iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Bu organizmga shakardan ham salbiyroq ta’sir qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi