Zangiota tumanida taniqli kompaniya kir yuvish kukunlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi. Bu xaqda Bosh prukuratura huzuridagi tergov departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan «The Procter & Gamble» kompaniyasi ishonchli vakilining murojaatiga asosan tuman DSI bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, har biri 2 kg. dan qadoqlangan polietilen qoplarda «Ariel», «Tide», «Persil» va «Mif» nomli brendlar ostida qalbakilashtirilgan kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarilayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 4 540 kg yarim tayyor mahsulotlar, 146 dona kir yuvish kukuni, 111 dona turli brend nomlari tushirilgan polietilen paketlar, 2 dona qadoqlash uskunasi va tarozi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin