«Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022–2025 yillarda zaxiraga qaytariladi.
Zaxiraga qaytarilgan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0,1 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
Ijaraga berishda dehqonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, «daftar»larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.
100 million dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.
Kreditlar dehqon va fermerlarga:
- 100 million so‘mgacha 14 foiz stavkada;
- kichik intensiv bog‘ va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha ajratiladi.
Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin