1 781
Andijonda arazlab ketib qolgan xotinining burnini tishlab, uzib olgan erkakka hukm o‘qildi
Andijon viloyati Buloqboshi tuman sudida o‘z xotinining burnini tishlab, uzib olgan erga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalning «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 29 iyun kuni erkak qaynotasining uyiga arazlab ketib qolgan turmush o‘rtog‘i va farzandlarini olib ketish uchun borgan. Ammo ayolning ota-onasi qizi ketmasligini aytgan. Shu payt erkak xotinining yelkasiga qo‘lini qo‘yib, uning burnini tishlab, qochib ketgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 28 iyuldagi xulosasiga ko‘ra, burun uchi va o‘ng tomon qansharida tishlangan, yirtilgan va uzib olingan jarohatlar mavjudligi qayd etilgan.
Shuningdek, bir necha bosqichli operatsiya o‘tkazish kerakligi, biroq qayta tiklangan burun uchi va qanotlari sohalarida chandiqlar qolib ketishi xulosa qilingan.
Qayd etilishicha, sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan jazolangan.
Sud hukmiga ko‘ra, erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin