
Foto: «Internethaber.com»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa byurosi ma’lum qilishicha, emlanmagan odamlar COVID-19 ning asosiy tarqatuvchisi hisoblanadi. JSST emlash huquqiga ega bo‘lgan barcha odamlarni to‘liq kursni o‘tishga chaqirdi.
«Bu, ayniqsa, 60 va undan katta yoshdagilar, shuningdek, immuniteti zaif kishilar kabi guruhlar uchun juda muhimdir», – deb ta’kidladi byuro.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar profilaktika choralari samaradorligini tasdiqlaydi. Xususan, niqob tartibi va binolar havosini almashtirish foydali, ammo ular boshqa choralar bilan birga amalga oshirilsa, samarasi ortadi.
JSSTning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolarning maksimal himoyasi niqoblardan foydalanish, qo‘l va nafas olish a’zolari gigiyenasi, masofani saqlash, binolarni ventilyatsiya qilish, shuningdek, karantin, izolyatsiya va koronavirus infeksiyasining oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha bir qator boshqa chora-tadbirlar bilan ta’minlanadi.
JSSTCOVID-19EmlashProfilaktika ChorasiNiqob TartibiHimoya Choralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar