23:00 / 26.11.2021
4 330

Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva

Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Otabek Umarov
Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov va uning turmush o‘rtog‘i, prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva bilan Dubaydagi Expo ko‘rgazmasida tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

«Expo tarixida ilk marotaba O‘zbekiston paviloni bizning mutaxassislarimiz tomonidan boshidan oxirigacha barpo etildi. Buxoro, Samarqand va Xiva timsoli bo‘lgan uchta elliptik bino, shuningdek, an’anaviy qirrali arkli LED-portal takrorlanmas va o‘ziga xos tasvirni yaratadi.

Uydan minglab kilometr uzoqlikda bo‘la turib, global ko‘rgazmaga tashrif buyurib vatanning bir parchasiga teginish — hayratga soluvchi tuyg‘udir. U yerda suyukli insoningiz bilan birga bo‘lish esa — unutilmas hodisa
», — deya izoh yozib qoldirgan Otabek Umarov.

Foto: Telegram / Otabek Umarov

Foto: Telegram / Otabek Umarov

Foto: Telegram / Otabek Umarov

Foto: Telegram / Otabek Umarov
Ma’lumot uchun, Dubayda pandemiya sababli bir yilga qoldirilgan expo 2020 butunjahon ko‘rgazmasi 30 sentabr kuni ochildi. «G‘oyalarni birlashtirib, kelajakni yaratamiz» degan shior ostida o‘tuvchi ko‘rgazma 2022 yil 31 martgacha davom etadi. Unda 191 ta davlat fan, texnika va san’at sohalarida erishgan yutuqlari va innovatsiyalarini namoyish qiladi.

27 noyabrda «Dubai Opera» sahnasida «Lazgi – qalb va muhabbat raqsi» baletining xalqaro taqdimoti, 29 noyabr kuni Expo 2020 Dubai butunjahon ko‘rgazmasi Ayollar pavilonida O‘zbekistonning «Jamiyat ijtimoiy hayotini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning o‘rni» mavzusidagi sessiyasi, 30 noyabr kuni Jubilee Park Expo 2020 sahnasida pianino ijrochisi Behzod Abduraimovning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

19—21 dekabr kunlari esa Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Expo 2020 doirasida bo‘lib o‘tadigan Al Burda festivalida ishtirok etib, O‘zbekiston xalq musiqali ijodiyoti, mamlakat filmlarini namoyish etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dubaydagi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva