20:34 / 28.11.2021
2 076

Eng radioaktiv meva

Eng radioaktiv meva
Foto: «Frutstar.ru»
Pekin aeronavtika va astronavtika universiteti olimlari bananda radiatsiya qayerdan kelib chiqishini tushuntirib berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, meva tarkibidagi kaliy-40 tufayli ozroq ionlashtiruvchi nur taratadi, deya xabar beradi WeChat ijtimoiy tarmog‘i.

Fizika fanlari nomzodi Chjan Syaotyan va biotibbiyot muhandisligi fanlari doktori Liao Sze bananni eng radioaktiv meva deb atadi. Uning tarkibida kimyoviy elementning radioaktiv izotopi kaliy-40 bo‘lib, u ionlashtiruvchi nurlanishning eng katta tabiiy manbai hisoblanadi.

Biroq bananlar odam organizmiga zarar yetkazmaydi, chunki ular tarkibida kaliy-40 minimal miqdorda mavjud.

«U saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan nurlanish dozasi bilan taqqoslaganda chang zarrasiga o‘xshaydi», – deya ta’kidladi mutaxassislar.

Banan ekvivalenti radiatsiya dozalarini o‘lchash uchun ishlatiladi: u radiatsiya miqdorini iste’mol qilingan mevalar soniga ko‘ra aniqlaydi.

Shunday qilib, bitta mevani iste’mol qilgan odam taxminan 0,0778 mikrozivert (radiatsiya o‘lchov birligi) oladi. Shu bilan birga, ko‘krak qafasi kompyuter tomografiyasi 70 ming bananga teng. Atom elektr stansiyasining atrof-muhitga maksimal mumkin bo‘lgan radiatsiya ta’siri yiliga 2,5 ming, radiatsiyaning halokatli dozasi esa 35 million bananga yetadi.

Mutaxassislarning eslatishicha, radiatsiya hamma joyda odamlarni o‘rab olgan. Shunday qilib, elektron va maishiy texnika, jumladan, mobil telefonlar, kompyuterlar, televizorlar, mikroto‘lqinli pechlar, chiroqlar va boshqa qurilmalar ionlashtiruvchi nurlanish manbai hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng radioaktiv meva