Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 17.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, javobgar D.R.dan da’vogar B.S. ning foydasiga 45 mln. 669,8 ming so‘m avtoo‘lov uchun to‘langan puli va 1,8 mln. so‘m sud harajatini undirish to‘g‘risida ijro varaqasi Byuroning Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur ishi bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun javobgar D.R.ga 15 (un besh) kunlik muddat berilib, mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Tegishli tashkilotlardan olingan javob xatlariga asosan javobgarning nomida Lacetti avtoo‘lovi borligi aniqlangan va javobgar tomonidan ijro hujjati talablari ixtiyoriy muddatda bajarmaganligi sababli, unga tegishli bo‘lgan Lacetti avtoo‘lovi xatlovga olingan.
Xatlangan avtoo‘lov kim-oshdi savdosida boshlang‘ich sotuv narhi 65 mln. 746,2 ming so‘m bilan “Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilib sotilgan.
Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari da’vogar B.S. ga to‘lig‘i bilan amalda undirilib, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasining“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»