16:33 / 29.11.2021
1 935

Bo‘stonliqda bank foydasiga 419 mln. so‘m undirildi

Bo‘stonliqda bank foydasiga 419 mln. so‘m undirildi
Majburiy ijro byurosi Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo sudining 15.06.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqarodan undiruvchi ATB “Qishloqqurilish bank” foydasiga 419 984 931 so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, Qonunning 21,87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.
Shuningdek, Qonunning 21,48,87-moddalariga asosan qarzdorning barcha hisob raqamlariga davlat ijrochisining qarori bilan band solingan hamda inkasso topshiriqnomasi ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlri davomida qarzdor tomonidan 419 984 931 so‘m kredit qarz pullari undirilib, undiruvchi ATB “Qishloqqurilishbank” xisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlangan.

Mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan 22.11.2021 yil kuni tamomlanganligi ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda bank foydasiga 419 mln. so‘m undirildi