Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda imom domlalar va ularning topayotgani puli haqida Rustamxo‘ja degan parodist aytgan gaplar tarqaldi. Tagi yo‘q, asossiz gaplari bilan imomlarga mag‘zava ag‘dargan bu shaxs millionlab hamyurtlarimiz oldida yurtimiz din olimlari, imomlarga nisbatan tuhmat qilgani ochiq-oydinligini hamma bilib turibdi.
O‘zi aslida “ahmoqqa sukut javob” degan maqol ayni holga mos kelsa ham ayrim ulamolarimiz bunga o‘z munosabatlarini bildirishgan.
Mazkur holatga «Ubay ibn Ka’b» jome masjidi imom-xatibi Abulhakim domla ham munosabat bildirib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda bu masalaga e’tibor qaratishlarini va raddiya berilishini so‘ragan.
«Agar shaxsan men 30 yillik faoliyatim davomida shunga o‘xshash ish qilgan bo‘lsam va buni menga isbotlab berishsa, shu zahoti sallamni yechib, uzr so‘rab, masjidni tark etaman», – degan Abdulhakim domla.
U kishi Payg‘ambarimiz alayhissalom ayol kishining harakatlarini takrorlab, unga taqlid qilgan kishilarni la’natlaganlarini ta’kidlab, bu odamni ham la’natlangan deya ta’riflagan. Aslida bunday holatlar haqida gapirib, ularga e’tibor qaratmaslik kerakligini aytgan domla, aynan «Ubay ibn Ka’b» masjidining avvalgi imomini o‘z shogirdining ayoli bilan zino qilib yurganlikda ayblab, tuhmat qilganligi uchun bunga jim qarab tura olmaganini ta’kidlagan. Bunday gaplarni baralla aytgan kishidan, albatta isbot ham keltirishini talab qilgan. Qonunchiligimizda ham, shariatimizda ham aytgan gapini isbotini keltirib, unga javob berishi kerakligi bildirilgan.
Darhaqiqat, birovning ayoli bilan aloqada bo‘lib yurgan, eng og‘ir gunohlardan biri bo‘lgan zino bilan shug‘ullanib yurgan kishining masjidda imomlik qilishga haqqi yo‘q.
Aslida ham sahnaga chiqib, ayol kishining kiyimida raqsga tushgan, bu ishi bilan yoshlarning axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan kishi ilm egalari, ulamolarga bunday tosh otishi minglab hamyurtlarimizning duoi badiga uchrashiga aqli yetmaydimi?!
«Men O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratdan, Toshkent shahar bosh imom-xatibidan ushbu holatga e’tibor qaratib, munosib raddiya berishlarini so‘rab qolaman», – degan Abdulhakim domla Matqulov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»