Majburiy ijro byurosi Xiva tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan qarzdor korxonadan, davlat foydasiga 77,6 mln so‘m davlat boji undirish haqidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib qarzdorga ihtiyoriy muddat berilib, qaror nusxasi yuborilib, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.
Biroq qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsada, ushbu qarzdorliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rmagan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi xatlandi. Shundan keyin qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasidan ayrilib qolishini bilib, 77,6 mln. so‘m qarzdorliklarini to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»