09:44 / 01.12.2021
1 876

«Tolibon» vakillari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

«Tolibon» vakillari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi
Foto: TIV matbuot xizmati.
30 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Kobul shahriga tashrif buyurib, Afg‘oniston Muvaqqat hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Tashqi va Ichki ishlar, Jamoatchilik, Energetika va Iqtisodiyot vazirliklarida muzokaralar olib borildi. Mamlakatdagi mavjud vaziyat, Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’yi-harakatlar, energetika va transport sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston tashabbusi bilan boshlangan Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yo‘li qurilishi kabi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni imkon qadar tezroq boshlashga tayyorligini tasdiqladi. Bu loyihalar mamlakatni mintaqaviy jarayonlarga bosqichma-bosqich jalb etishning asosiy omiliga aylangan integratsiya va o‘zaro bog‘liqlikka xizmat qiladi.

Afg‘oniston Muvaqqat hukumat vakillari Shavkat Mirziyoyevga ushbu sinovli damlarda afg‘on xalqini faol qo‘llab-quvvatlayotgani, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishiga ko‘rsatayotgan yordami, yangi hukumat tomonidan afg‘on zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qaratilgan sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston tomonini O‘zbekiston va mintaqaning boshqa davlatlariga, umuman, butun dunyoga zarracha tahdid ham hech qachon ushbu davlat hududidan kelmasligiga ishontirdi.

Afg‘onistonning yangi hukumati O‘zbekiston bilan birgalikda ikki mamlakat xalqlarining buyuk ajdodlari – Alisher Navoiy (Hirot), Zahiriddin Bobur (Kobul), Abu Rayhon Beruniy (G‘azna) va Boborahim Mashrab (Tahor) qo‘nim topgan maskanlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga tayyorligini bildirdi. Mamlakat maktablari va oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tolibon» vakillari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi