2 425
Toshkentda 14 yoshli bola o‘zganing Damas’ini olib qochayotganida egasi uni tutib oldi
Toshkentda o‘zganing Damas’ini olib qochishga uringan 14 yoshli bolaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 noyabr kuni tungi soat 03:30 larda Uchtepa tumani 13-mavze 8-uy oldida bo‘lgan noma’lum shaxs 40 yoshli R.O.ga tegishli bo‘lgan Damas’ni qarovsiz hamda kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganidan foydalanib, uning old eshigini temir lineyka yordamida ochgan.
So‘ng mashinani o‘t oldirib, ortga 5 metr haydagan vaqtida ushbu shovqin-surondan uyg‘onib qolgan avtomashina egasi ko‘chaga shoshilib chiqib, avtomashina o‘chib qolganidan foydalanib, qonunbuzarni ushlagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida Damas’ni olib qochishga uringan shaxs Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan 14 yoshli T.J. ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi