23:27 / 02.12.2021
2 569

Kungaboqar yog‘ining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan 10 mahsulot

Kungaboqar yog‘ining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan 10 mahsulot
Foto: Marie Claire
Ayrim nutritsiologlarning fikricha, kungaboqar yog‘ining foydasidan zarari ko‘proq. Shu sabab ham ushbu mahsulotni boshqalari bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Marie Claire nashri bu borada ayni muddao hisoblangan mahsulotlar haqida ma’lumot beradi.

Kokos yog‘i
Foydali xususiyatlari bisyor ekani sabab kungaboqar yog‘i o‘rniga kokos yog‘ini iste’mol qilish tavsiya qilinadi. To‘yingan yog‘lar organizm hujayralari uchun foydali. Undagi laurin kislotasi immunitetni mustahkamlaydi va moddalar almashinuvini yaxshilab, vazn tashlashga yordam beradi. Uning atigi bir qoshig‘ida 117 kaloriya mujassam.

Gxi yog‘i
Hindistonda sariyog‘ning eritilgan varianti — gxidan ko‘p foydalaniladi. Mahsulotni sekin qizdirish davomida undan sut oqsili ajraladi va natijada laktozasiz krem-yog‘ qoladi. Uni uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun sariyog‘ni eritib, qaynab chiqishini kutish kerak. Yarim soat past olovda ushlagandan keyin elakdan o‘tkazing. Organizmda yengil hazm bo‘ladigan bu mahsulot tarkibida yog‘ kislotalari, A va E vitaminlari bisyor bo‘ladi.

Zaytun yog‘i
Istalgan salat va taomga qo‘shish mumkin bo‘lgan zaytun yog‘ida organizm uchun zarur bo‘lgan yog‘ kislotalari, K va E vitaminlari, kalsiy, fosfor, kaliy va antioksidantlar mujassam. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish organizmdan toksin va shlaklarni chiqarib yuboradi. Xolesterinni kamaytirib, qon tomirlarni kengaytiradi, hazm jarayonining ham yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.

Pista va yong‘oqlar
Salatga yog‘ o‘rniga yong‘oq va pista qo‘shsa ham bo‘ladi. Qovoq, kungaboqar pistasi, yong‘oq va kedr yong‘og‘i monoto‘yingan va yarimto‘yingan yog‘larning koni.

Avokado
Mazali ekani bilan birga, qorinni to‘q tutish xususiyatiga egaligi hisobiga avokado salat uchun eng yaxshi mahsulot hisoblanadi.

Smetana va sutli yogurt
Mahsulotlarni yog‘ solib qovurishdan ko‘ra, mazali va parhezbop bo‘lishi uchun tabiiy yogurt va smetana qo‘shish tavsiya qilinadi. Tarkibida kam, ammo yetarlicha yog‘ borligi hisobiga bunday sous parhezda ayni muddao hisoblanadi. Smetanani salat va taomlarga mayonez o‘rniga qo‘shsa bo‘ladi.

Sabzavot va mevali pyure
Shirinlik va tansiq yeguliklar jon-u dilingiz bo‘lsa, ratsionga mevali pyurelarni kiritish tavsiya qilinadi. Olma, banan, qorag‘at yoki istalgan boshqa mevadan foydalanish mumkin. Banandan tayyorlangan pyureni esa nafaqat o‘zini, balki biskvit ustiga qo‘yib shirinlik sifatida ham iste’mol qilsa bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kungaboqar yog‘ining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan 10 mahsulot