Foto: Getty Images
Buyraklar tanada juda muhim vazifani bajaradi. Bir daqiqa ichida ulardan bir litr qon o‘tadi, doimiy ravishda toksinlar va zararli moddalardan tozalanadi. Biologik faol, xususan, renin – qon bosimini tartibga soluvchi, eritropoetin – eritrotsitlarning hosil bo‘lish tezligini tartibga soluvchi moddalar ishlab chiqaradi. Suv muvozanatini va qondagi natriy, kaliy, fosfor kabi minerallar kontsentratsiyasini nazorat qilishga yordam beradi.
Buyraklar kasallanganda organizmning zaxarlanish jarayoni boshlanadi. Organizmni toksinlar va zaxardan tozalashga ichaklar, teri, o‘pka va jigar yordam bera boshlaydi, lekin bu a’zolar bunga moslashmagani tufayli o‘zi ham kasallanadi.
Buyrak kasalligining dastlabki belgilari:
- peshob miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi, rangi to‘q jigarrang yoki rangsiz bo‘lishi;
- shish paydo bo‘lishi, ko‘pincha qo‘l, oyoq, to‘piq, yuz va ko‘z ostida terining sarg‘ayishi;
- muntazam charchoq va zaiflik;
- bel va qorinning pastki qismida og‘riqlar;
- terida tez-tez toshmalar toshishi, yallig‘lanish, qichishish;
- ko‘ngil aynishi, ishtahaning bo‘g‘ilishi;
- kamqonlik.
Buyrak kasalligining belgilari barchasi bir vaqtda kuzatilmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar to‘plamda ham, jadalligida ham farq qilishi mumkin. Buyrak kasalligi boshlang‘ich davrda peshob, qon tahlili va ultratovush yordamida tekshirish orqali aniqlanadi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi