
Xalq ta’limi vazirligi, O‘qituvchilar assotsiatsiyasi hamda Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan «Ustoz-2021» milliy mukofoti tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Ustoz-2021» milliy mukofoti tanlovi joriy yilning 15 sentabridan 4 dekabriga qadar davom etdi. Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, tanlovning ilk bosqichida 4301 nafar nomzod ishtirok etib, ulardan 40 tasi finalga yetib kelgan.

Tadbir davomida 40 ta finalchisidan 8 tasi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
• Tashabbuskor ustoz — Zokir Rozimov
• Ta’lim sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun — Rayhon Tulyakova
• Umid timsoli — Mehriniso Norova
• Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi — Dildora Umirzoqova
• Matonatli ustoz — Nilufar Olimova
• Fidoyi ustoz — Ulug‘bek Mamajonov
• Mehridaryo ustoz — Xilola Norova
• Plyus 1 — Iqboljon Kamolov
G‘oliblar 30 mln so‘m, qolganlar 5 mln so‘m va zamonaviy noutbuklarni qo‘lga kiritdi.
Ustoz-2021Milliy MukofotTa’dirlash MarosimiXalq Ta’limiInnovatsiya MarkaziFinalchilarG‘oliblikNominatsiyalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar