18:08 / 06.12.2021
2 868

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi. Bu haqda mahkama xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, A.T. Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori lavozimida ishlagan paytida, 2020 yil oktabr oylarida o‘ziga tanish bo‘lgan qurilish korxonasi rahbari D.A.ni Olmaliq shahridagi 11-sonli yotoqxonani rekonstruksiya qilish bo‘yicha qonuniy o‘tkazilgan tenderda qurilish korxonasi go‘yoki uning yordami bilan g‘olib chiqqaniga ishontirgan va moddiy rag‘bat talab qilib kelgan.

Shundan so‘ng, hozirda Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan va joriy yil 22 noyabrdan mehnat ta’tilida bo‘lgan A.T. joriy yil 5 dekabr kuni soat 22 larda Mirobod tumanida joylashgan "Mustafo" restoranida D.A.dan go‘yoki tenderda yutishiga yordam qilgani uchun 29 ming AQSH dollarini olganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, deyiladi ma’lumotda.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Xabarda aytilishicha, gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari 29 ming dollar bilan ushlandi