O‘zbekistonda ob-havo keskin pasayib, qor yog‘ishi kutiladi

12 dekabr avvaliga, shimol, 13-14 dekabr respublikaning boshqa hududlarida yaxshigina yog‘ingarchilik(asosan, qor)lar kutiladi.
Tog‘larda qor bo‘ronlar va ko‘p miqdorda qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda UzbMeteo kanali xabar bermoqda.
12-13 dekabr kunlari katta masshtabli nam havo oqimlari, respublika hududlariga bemalol kirib kelishi uchun vaziyat yuzaga kelgan. Oqimlar g‘arb va shimoli-g‘arbdan kirib kelayotgani bois, sovuq va nam havo oqimidir. 13-14 dekabr kunlari respublika aholisining katta qismi qish manzarasiga guvoh bo‘lishi mumkin. 14 dekabrdan sovuq antisiklon ta’siri hududlarda seziladi. Shimol hududlarda havo harorati minimumi kechalari -15 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yaqin kunlarda Rossiyaning shimoli, shimoli-g‘arbi va shimoli-sharqida arktik sovuq havo oqimlari rivojlanishi prognozi berilmoqda. O‘zbekistonda bu dekabr oyi ikkinchi o‘n kunligi ikkinchi pentada(15-20 dekabr)sida ham respublikada biroz past harorat kuzatilishiga olib kelishi mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tog‘larda qor bo‘ronlar va ko‘p miqdorda qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda UzbMeteo kanali xabar bermoqda.

Izohlar 0
…