Surxondaryo viloyatining Denov shahridagi savdo markazi portlashidan jabrlangan 6 ta xonadon vakillariga vaqtincha yashab turish uchun uy berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Denov shahrida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokidagi matbuot brifingida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgach, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan «Qishloqqurilishinvest» buyurtmasi asosida qurilgan 24 ta yangi xonadon vaqtincha ijaraga olinib, jabrlanganlarni ko‘chirish tayyorgarligi ko‘rilgan.
Tadbirda so‘z olgan «Daryo» muxbiri brifingda chiqish qilgan mas’ullarga yuzlanib, portlash oqibatida nechta xonadonga zarar yetgani va portlashning hududdagi binolarga zarari bilan qiziqqan.
«Biz ‘Qishloqqurilishinvest’ buyurtmasi asosida qurilgan 24 ta yangi xonadonni vaqtincha ijaraga olib, jabrlanganlarni ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Hozir paytda qurilishni nazorat qiluvchi inspeksiya xulosasiga ko‘ra, yashash uchun xavfli deb topilgan 7 ta xonadon vakillarini yangi uylarga ko‘chirdik. Qolgan uylarning deraza va eshik romlari ta’mirini amalga oshiryapmiz», — dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov.
Viloyat hokimining qo‘shimcha qilishicha, savdo markazi yon-atrofida joylashgan va portlashdan jabrlangan boshqa xonadon vakillari hozircha ko‘chishga hojat yo‘qligini bildirgan.
«Derazasi va eshik romlari singan, xonadoni zarar ko‘rgan boshqa fuqarolar hozircha ko‘chishga hojat yo‘qligini aytishgani uchun ishchi guruh xulosasi bilan ularning uyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xonadonlar ta’mirlanmoqda», — dedi viloyat hokimi.
To‘ra Bobolovning qo‘shimcha qilishicha, ishchi guruh vakillari vaziyatni o‘rganish davomida fuqarolarning fikr va takliflarini tinglab, mas’ullarga yetkazmoqda.
«Hozir o‘rganish ketyapti. Fuqarolar fikrlarini o‘rganyapmiz. Kimdir uyini ta’mirlash yetarli ekanini aytsa, yana kimdir yangi uy olib berilishini so‘rayapti. Biz vaziyatni o‘rganyapmiz. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, fuqarolar uchun qulay bo‘lgan adolatli qarorga kelinadi», — dedi To‘ra Bobolov.
Viloyat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, portlash oqibatida hududdagi 65 ta xonadonga, bir nechta ijtimoiy soha ob’ektlariga zarar yetgan. 6 ta xonadon devorlari yorilib, katta zarar ko‘rgan bo‘lsa, qolgan xonadonlarning eshik va deraza romlari singan.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi «Indenim» savdo majmuasida 7 dekabr tongida kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarovning ta’kidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar