12:20 / 09.12.2021
1 823

O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilandi

O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilandi
“Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, kiritilgan o‘zgartirishlar bilan 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi.

Ilgari 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.

16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.

Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilandi