Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘yliqdagi dehqon bozori va ulgurji bozor yaqinidagi avtomobil yo‘lini odamlar «jonli devor» hosil qilib to‘sishga urinayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi. Videoga olayotgan shaxsning izohiga ko‘ra, odamlar Qo‘yliq bozori yo‘l kengaytirilishi va yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan buzilishga tushgani va bozor hududiga kirish yopib qo‘yilganidan norozilik bildirib, yo‘lni to‘sishga chiqqan.
Bundan avvalroq ijtimoiy tarmoqlarlarda Qo‘yliqdagi ulgurji bozorida nizolar yuz berayotgani, bozorga yuklar kiritilmayotgani va barcha yuk mashinalar «Fudsiti»ga yo‘naltirilayotgani, bozordan faqat yuk olib chiqishga ruxsat berilayotgani, vaziyatdan norozi odamlar Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Qo‘yliq bozorlari oldidan o‘tgan qismlarini to‘sgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Daryo» vaziyat yuzasidan izoh olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatlariga murojaat qildi. Hokimlik matbuot xizmati so‘rovlarga javob bermagan bo‘lsa, huquq-tartibot organlari vakilari «vaziyat bo‘yicha ish olib borilayotgani»ni, yaqin vaqt ichida rasmiy izoh berilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligi «Qo‘yliq» dehqon bozori yo‘l kengaytirilishi sabab boshqa joyga ko‘chirilishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi