Qayd etilishicha, 2021 yilgi Yangi yil tantanalari bu gal Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida joylashgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
«Bayram tadbirlariga juda puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Yetti yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mehmonlar kayfiyatini ko‘tarish uchun har xil ko‘ngilochar dasturlar, savdo yarmarkalari tashkil qilinadi.
Bog‘da, shuningdek, muz maydoni ham tashkil qilinadi. Unda xavfsizlik ta’minlanadi — kattalar ham, bolalar ham bemalol uchib, xursand bo‘lib ketishi mumkin. Kattalar uchun mini avtobuslar ham bor, bemalol aylanib ketishlari mumkin», — deydi «Yangi O‘zbekiston» bog‘i ma’muriyati vakili Ilmira Sagdiyeva.
Eslatib o‘tamiz, «Yangi O‘zbekiston» bog‘i 31 avgust kuni ochilgan. O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram mushakbozligi ham shu bog‘da o‘tkazilgandi. Biroq bog‘ga olib boruvchi yo‘lda transport harakati 3 kunga — 31 avgustdan 2 sentabrgacha cheklangani sababli uni yaqindan ko‘rishning imkoni bo‘lmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi