20:26 / 10.12.2021
1 777

Olimlar shokoladning qaysi turi stressni bartaraf etishini aniqladi

Olimlar shokoladning qaysi turi stressni bartaraf etishini aniqladi
Foto: Lisa
Ko‘pchilikka shokolad stressni yengishga yordam berishi ma’lum. Ayniqsa, qora shokolad ko‘proq foydali deb qaraladi. Ammo har qanday achchiq shokolad ham bunday xususiyatga ega emasligi aniqlandi.

Janubiy Koreyalik tadqiqotchilar ajoyib tajriba o‘tkazdi. Unga ko‘ra, ishtirokchilar kuniga turli xil shokoladdan 30 gramm iste’mol qilishi kerak edi. Keyin, aksincha, ularni iste’mol qilish to‘xtatilgan. Shuningdek, ishtirokchilar har kuni sinovdan o‘tkazilib, o‘zini qanday his qilishi va kayfiyati haqida so‘rovnomalar to‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 85 foiz kakaoli shokolad kayfiyatni ko‘targan va shu bilan birga ichak mikroflorasini yaxshilagan. Ammo 70 foizligi esa hech qanday natija bermagan.

Tadqiqotchilarning fikricha, shokoladning kayfiyatga ijobiy ta’siri aynan mikrofloraning yaxshilanishi bilan bog‘liq, chunki ichaklar asab tizimiga bog‘langan. Bundan tashqari, kakao miqdori qancha yuqori bo‘lsa, shokolad yanada foydali va tabiiy hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar shokoladning qaysi turi stressni bartaraf etishini aniqladi