18:55 / 11.12.2021
1 767

MIB Yakkasaroyda parchalangan oilaning tiklanishiga hissa qo‘shdi

MIB Yakkasaroyda parchalangan oilaning tiklanishiga hissa qo‘shdi
Fukarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 13.09.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.Q.dan, undiruvchi Sh.Q.ning foydasiga, voyaga yetmagan ikki nafar farzandlari ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3-qism miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.

Alimentchi ota ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun moddiy ta’minotni o‘z vaqtida to‘lab boradi. Lekin MIB tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan huquqiy tushuntirishlar natijasida ajrimda bo‘lgan va ikki nafar farzandlarining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota ona oilani tiklashga qaror qilib, yarashishdi.

MIB Yakkasaroyda yana bir oila tiklanishiga hissa qo‘shib, mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatini tamomlanishiga erishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Yakkasaroyda parchalangan oilaning tiklanishiga hissa qo‘shdi