17:30 / 12.12.2021
2 015

Toshkentda Mercedes-Benz va «Gelendvagen» haydovchilari YPX xodimlaridan qochishga urindi

Toshkentda Mercedes-Benz va «Gelendvagen» haydovchilari YPX xodimlaridan qochishga urindi
Toshkent shahrida «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi asosida maxsus reyd tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma’lum qilinishicha, reyd davomida bir qator qoidabuzarliklar aniqlangan. Jumladan, «Gelendvagen» haydovchisi Yo‘l-patrul xizmati xodimining jezl yordamida to‘xtatish ishorasiga qaramay, yo‘lida davom etavergann. Maxsus bo‘linma urinishlaridan so‘ng qoidabuzar to‘xtashga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, tekshiruv chog‘ida haydovchining spirtli ichimlik ta’sirida mast ekani aniqlangan. «Tug‘ilgan kunda o‘tirdim, aroq ichdim. Bo‘ldi, ‘narusheniye’ qildim, (bayonnoma) yozinglar, ‘shtraf’ga tiqinglar, ‘pravam’ni ‘reshat’ qilinglar, bo‘ldi», — degan haydovchi.

Bundan tashqari, shaharning Maxtumquli—Mirzo Ulug‘bek chorrahasida yana bir haydovchi inspektorning to‘xtash ishorasiga amal qilmay, qochib ketmoqchi bo‘lgan. Mercedes-Benz S klassdagi mashina to‘xtatilganda haydovchi «Ko‘rmay qolibman», deb o‘z qilmishini oqlagan.

Qayd etilishicha, har ikki holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Mercedes-Benz va «Gelendvagen» haydovchilari YPX xodimlaridan qochishga urindi