Bugun, 14 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat rahbari sohada 20 foiz o‘sish qayd etilganini bildirdi.
«Yil yakunlanyapti, kelgusi yilga zamin yaratyapmiz. Birorta soha yo‘qki, e’tiborsiz yoki zarur mablag‘siz qoldirilgan bo‘lsa. «Inson qadri uchun» deya va’da berdik, endi barchasini birma-bir amalga oshirishimiz lozim. Mana, bugungi soha – xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 500 mln dollar ajratyapmiz.
Pandemiya davrida umumiy ovqatlanish, savdo, turizm, transport sohalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi. Tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi bo‘yicha alohida dastur qabul qilindi.
Joriy yilda 18 trillion so‘mlik 29 mingta loyiha amalga oshirilib, xizmatlar sohasi 20 foizga o‘sgan. Lekin, 5ta tuman va shaharda 10 foizdan ham kam o‘sish kuzatilgan. Quvada – 5 foiz, Marg‘ilon, Beshariq, Taxiatoshda – 6 foiz, Dang‘arada – 7 foiz.
Endi savol tug‘iladi – biz kimni hokim qilib tayinlab yuribmiz? Mana, kuni kecha Mirzo Ulug‘bek tumanida hokim yordamchilari bilan gaplashganimda «men hokim bo‘lmoqchiman» deb hokimning oldida aytyapti. Men juda xursand bo‘ldim, chunki raqobat paydo bo‘lyapti, kadrlar zaxirasi shakllanyapti», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Hududlarga sayyohlarni jalb etish uchun sharoitlarni yaxshilash masalasiga e’tibor qaratilgan.
«Bugun viloyat hokimlari boshqa mas’ullar bilan birga, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish orqali, kelgusi yilda xizmatlar sohasida kamida 50 foiz o‘sishni ta’minlash bo‘yicha rejalarini bildirsin.
Bunda, aholi soni, geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, hududlarda xizmatlarni 3ta yo‘nalishda rivojlantiramiz. Xizmatlar 158ta qishloq tumanlarining ixtisoslashuvidan kelib chiqib, rivojlantiriladi. Ushbu tumanlarning 70 tasida 150 minggacha, 88tasida 300 minggacha aholi yashaydi.
Eng avvalo, yirik turistik ob’ektlari mavjud 45 ta hamda 40 ta tog‘li va tog‘oldi tumanda «tayyor loyiha» asosida, turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Parkent, Shahrisabz, Qamashi, Boysun, Sariosiyo, Kattaqo‘rg‘on kabi 25ta tuman hokimlari turizmni rivojlantirish uchun, yo‘l, mobil aloqa va tezkor internet masalasini hal qilib berishni so‘ragan.
Masalan, Shahrisabz tumanining «Navro‘z», «Miraki», «Oqdaryo» va «Hisor» hududlariga yiliga 500 mingga yaqin sayyohlar keladi. Lekin, yo‘l, mobil aloqa va internet, mehmonxona, umumiy ovqatlanish infratuzilmasi rivojlanmagani bois, sayyohlar bir kunga kelib, ularga o‘rtacha 150 ming so‘mlik xizmat ko‘rsatilmoqda.
Agar 60 milliard so‘m evaziga, ushbu hududdagi 65 kilometr yo‘lni ta’mirlab, internet va mobil aloqa hal qilib berilsa, xizmatlar 3-4 barobarga oshadi. Bu orqali, 45ta qishloqda 2 mingta mehmon uyi, 5ta mehmonxona, 100ta ovqatlanish va savdo shoxobchalarini tashkil etsa bo‘ladi.
Xuddi shunday, Qamashida jahonda sanoqli va noyob bo‘lgan «Maydanak» observatoriyasi hamda 14-asr yodgorligi hisoblangan «Langar ota» masjidi butun dunyodan turistlarni jalb qiladi. Biroq, ushbu ob’ektlarga olib boruvchi 38 kilometr yo‘l ta’mirtalab bo‘lgani uchun (40 milliard so‘m zarur), Maydanakning salohiyatini to‘liq ishga solib bo‘lmayapti. Agar yo‘l, infratuzilma qilmasak, hech qachon rivojlanmaymiz. Yo‘l yo‘qligi uyat emasmi axir!» degan prezident.
Endi turistik salohiyati yuqori bo‘lgan tumanlarning «master plani» ishlab chiqilib, zarur infratuzilma bilan ta’minlanishi, yerlar tadbirkorlarga tayyor loyiha bilan auksionga chiqarilishi ma’lum qilingan.
«Bu ishlarni dastlabki bosqichda boshlashi uchun 200 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, ikki oy muddatda xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazib, kelgusi yilda turistik hududlarda infratuzilmani yaxshilashga 100 million dollar jalb qilinsin», deydi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi