Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari Denovda gaz quvuri portlashi natijasida sodir bo‘lgan hodisaga to‘xtalib, ushbu noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerakligini aytdi. Bu haqda «Daryo» xabar qildi.
«Hammasi gaz rahbarlarining aybi, ushbu voqea nafs balosi sababli sodir bo‘ldi. Odamlar halok bo‘ldi, haliyam Xudo bizni asradi», – deydi prezident.
Davlat rahbari Yangi yil bayrami oldidan aholining gazdan foydalanish ko‘rsatkichlari ortishi hisobiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan muhofaza qilish uchun tushuntirish ishlari olib borilishi lozimligini bildirdi.
Har bir hokim, prokuror, ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Qurilish, Sanoat xavfsizligi boshqarmalari rahbarlari o‘z hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, texnik standartlarga amalga qilish, pala-partish qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, yerosti tarmoqlar hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat tizimini o‘rnatishi shartligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi «Indenim» savdo majmuasida kuchli portlash 7 dekabr tongida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ikki nafar marhumning yaqinlariga moddiy yordam puli to‘lab berilayotganini ma’lum qildi. U, shuningdek, tadbirkorlarga yetkazilgan zarar, 65 ta xonadon ta’miri va ijtimoiy soha ob’ektlarining zararlanishi oqibatida kelib chiqqan chiqimlar ham sud qaroriga ko‘ra ikki xil usulda qoplanishini bildirgan.
Taxminlarga ko‘ra, portlash gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuz bergan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi