Foto: Prezident Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16-18 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyada bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston-Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.
Eng avvalo, «yashil» iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.
Tashrif yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi