Denovda yuz bergan portlash bo‘yicha 3 kishi qamoqqa olindi. Bu haqda «Daryo» so‘roviga asosan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi Indenim savdo majmuasida kuchli portlash 7 dekabr tongida yuz bergan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 11 kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Keyinchalik Denovdagi portlashda 65 ta uy zarar ko‘rgani, 6 ta xonadon devorlari esa yorilib, yashash uchun xavfli holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi.
14 dekabr kuni noxush holat sabablari muhokama qilish uchun viloyat hokimi To‘ra Bobolov, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, shahar va tuman hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, masalaga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilishda o‘tkazilgandi.
Yig‘ilishda «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali direktori Mirzoqul Mansurov hodisa ro‘y bergan joyga hukumat komissiyasi va uning tarkibida ‘Hududgazta’minot’ AJ rahbariyatining 5 kun davomida tegishli idoralar, tashkilotlar va gaz ta’minoti sohasi mutaxassislari, maxsus texnika va asbob-uskunalarni jalb qilgan holda o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Tekshiruvlarda 2013 yilda qurilgan Indenim savdo majmuasi ostidan Denov tumani hokimligi qozonxonasini gaz bilan ta’minlaydigan yerosti o‘rta bosimli gaz quvuri o‘tkazilgani aniqlangan.
Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatovning aniqlashtirishicha, gaz tarmoqlari xaritasida bino qurilgan vaqtda tuman hokimligi qozonxonasiga tortilgan gaz tarmog‘i binoning ostida qoldirib ketilgani ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra uch yildan keyin qozonxona faoliyati ham to‘xtatilgan. Gaz quvuri aynan qozonxonaga yetgan joyda berkitib tashlangan.
Yig‘ilishda savdo majmua qurilishi amaldagi qurilish normalari va qoidalari zid tarzda qurilgani ma’lum qilingan.
«Bino xavfsizligi va ishonchliligini ta’minlash uchun savdo majmuasi o‘rta bosimli gaz quvurining xavfsizlik zonasini hisobga olgan holda qurilishi lozim bo‘lgan. Shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ushbu muhofaza zonasi binoning poydevoridan to‘rt metr masofani tashkil etishi lozim edi. Indenim savdo majmuasi gaz quvurining aynan ustiga qurilgani sababli yer ostidagi kommunikatsiyalar sozligini tekshirish uchun kirish yo‘li bo‘lmagan.
O‘tkazilgan tekshiruvlarda majmua ostida hosil bo‘lgan daydi toklar metall quvurlarning tashqi korroziyasiga va gaz quvurida nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida gaz sizib chiqishiga va gaz-havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lgani aytildi», — degan edi bu haqda «Daryo»ga ma’lum qilgan mas’ul.
14 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari Denovda gaz quvuri portlashi natijasida sodir bo‘lgan hodisaga to‘xtalib, ushbu noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerakligini aytgandi. «Hammasi gaz rahbarlarining aybi, ushbu voqea nafs balosi sababli sodir bo‘ldi. Odamlar halok bo‘ldi, haliyam Xudo bizni asradi», – degan edi prezident.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 15 dekabr kuni Denov shahar gaz bo‘limi boshlig‘iga Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi «a», «b» bandlari bilan, «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti 2 nafar xodimlariga Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi «a», «b» bandlari, 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) 3-qismi «v» bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi