Foto: Telegram / «Nigoh»
16 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat poytaxti Seul shahri markazida shoir va mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochildi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markaz matbuot xizmatining xabar berishicha, tantanali tadbirda ushbu markaz direktori, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, Oliy Majlis deputati Viktor Pak, shuningdek, O‘zbekiston va Janubiy Koreya jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
Foto: Telegram / «Nigoh»
Foto: Telegram / «Nigoh»
Foto: Telegram / «Nigoh»
Bugungi kunga qadar Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, O‘sh, Dushanbe kabi shaharlarda Alisher Navoiyga yodgorlik o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16 dekabr kuni Seulga bordi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Seulda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston–Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Eng avvalo, «yashil» iqtisodiyot, raqamlashtirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik bo‘yicha dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy assambleyasi rahbariyati, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va bank-moliya institutlari vakillari bilan uchrashadi.
Tashrif 18 dekabrgacha davom etadi va uning yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar