Foto: Toshkent yoshlar forumi
Toshkent Yoshlar forumida AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda PayPal’dan foydalanish imkoni yo‘qligi borasida izoh berdi.
Toshkent yoshlar forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vazir ochiq muloqotda PayPal bilan bog‘liq vaziyatga, xususan, ushbu to‘lov tizimi nima sababdan O‘zbekistonga kirmaganiga izoh berdi.
«Haqiqatan ham PayPal tizimida O‘zbekiston yo‘q. Bunga, menimcha, O‘zbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining ishlamagani va shu kabi boshqa sun’iy to‘siqlar sabab bo‘lgan deb o‘ylayman. Aynan shu sabablar tufayli PayPal O‘zbekistonni o‘z ro‘yxatidan chiqarib tashlagan bo‘lishi mumkin.
Bizning vazifamiz Markaziy bank, Moliya vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan tizimga O‘zbekistonni ham qo‘shishdan iborat. Bu borada o‘zgarishlar bo‘ladi degan umiddaman», – dedi AKT vaziri Shermatov.
Bundan oldinroq, Kun.uz bilan suhbatda PayPal’ning o‘zbekistonlik dasturchisi Og‘abek Yunusov PayPal O‘zbekistonga kirmaganining 22 sababini keltirgandi. U biznes muhiti va ehtiyojning yuqoriligi hamda infrastruktura masalasini asosiy muammolar qatorida sanadi.
Dasturchi ma’lumotlarni yig‘ib berish O‘zbekiston hukumati zimmasida qolayotgani bois infrastruktura masalasida O‘zbekiston tomoni oqsayotgan bo‘lishi mumkinligini istisno etmagandi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 2020 yil oktabrda PayPal bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib, PayPal faoliyatiga cheklovni O‘zbekiston o‘rnatmaganini, kompaniya o‘zi mamlakatga kirish niyati yo‘qligini bildirdi. 2021 yilning may oyida ham bu borada yangilik yo‘qligi ma’lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar