19:05 / 20.12.2021
1 842

Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi

Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida baliqchilik sohasini rivojlantirish istiqbollari va kooperatsiya asosida baliq yetishtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish boshlanishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Sherzod Asadovning xabar berishicha, Prezident huzurida baliqchilikni rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish boshlandi.

«Dunyoda oziq-ovqat narxlarining o‘sishi, inflyatsiya xavf-xatarlari kelgusi yilda oziq-ovqat xavfsizligi eng dolzarb masala bo‘lib qolishini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Shu bois, viloyat hokimlari o‘z hududida baliq yetishtirish holatini tahlil qilib, tadbirkorlar va aholi xonadonlariga barcha sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha tizimli shug‘ullanishi zarur
», dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan besh yilda baliq yetishtirish hajmi 6 baravarga oshib, joriy yilda 400 ming tonnaga yetkaziladi.

Shunday bo‘lsada, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida hosildorlik haligacha gektariga 3-4 tonnani tashkil etmoqda. Sababi, ushbu hududlarda intensiv baliq yetishtirish hajmi umumiy ishlab chiqarishning 10 foizidan oshmayapti.

Qavlat rahbari kelgusi yilda baliq yetishtirish hajmi 600 ming tonnaga yetkazilishi shartligini aytib o‘tdi.

Buning uchun:
  • Sharof Rashidov tumani tajribasi asosida kelgusi yilda 10 mingta xonadonda intensiv baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi;
  • xonadonlarda kooperatsiya asosida yiliga 80 tonnadan ortiq baliq yetishtirgan klasterlar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etiladi;
  • uyida baliq yetishtiruvchilar uchun «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida kredit miqdori 2 barobarga oshiriladi va kelgusi yilda 400 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
  • baliq yetishtiruvchi xonadon egalari uchun yer va mulk soliqlari 50 foizga kamaytirilib, ular o‘zini o‘zi band qilgan aholi toifasiga o‘tkaziladi;
  • xorijdan mutaxassis olib kelgan baliqchilik klasterlariga xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baliq yetishtiruvchi xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi