07:48 / 21.12.2021
2 011

Hokim tunda qoidabuzarlik qilgan boyning bolasiga chora ko‘rilgani haqida gapirdi

Hokim tunda qoidabuzarlik qilgan boyning bolasiga chora ko‘rilgani haqida gapirdi
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov yarim tunda svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmagan haydovchiga shaxsan o‘zining tashabbusi bilan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat rahbari haydovchining qoidabuzarligi haqida Xalq deputatlarining viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2022 yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan aholiga murojaatnomasida aytib o‘tgan.

«Yarim tunda ishdan qaytayotganimda bir voqeaga duch keldim. Davlat raqami 701 bo‘lgan mashinada bir boyning bolasi, kimligini aytishim shartmas, kechasi to‘rt marotaba svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmay harakatlandi. Men viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib, shu avtomobil egasini topishini so‘radim. Bilsak, u ota-onasi bilan tortishib qolgan ekan. Tortishib qolsa, mashinadan alamini olishi kerakmi? U qoidabuzarligi bilan nafaqat o‘zining, atrofdagilarning ham hayotiga xavf solyapti-ku. Shuning uchun biz bu haydovchiga chora ko‘rilishiga erishdik», — degan viloyat hokimi.

Murodjon Azimov Qashqadaryoda qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligi ta’minlanishini ta’kidlagan.

«Men jamoatchilikka, deputatlarimizga murojaat qilib aytmoqchimanki, endilikda viloyatda qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligi ta’minlanadi», — deya qayd etgan viloyat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokim tunda qoidabuzarlik qilgan boyning bolasiga chora ko‘rilgani haqida gapirdi