10:57 / 24.12.2021
1 176

Fuqaro janjal sababli «ZIL»da 46 yoshli erkakning qo‘lini bosib ketdi

Fuqaro janjal sababli «ZIL»da 46 yoshli erkakning qo‘lini bosib ketdi
Namangan viloyati Namangan tumanida 18 dekabr kuni haydovchi janjal vaqtida boshqa bir shaxsning qo‘lini «ZIL»da bosib ketdi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, shu kuni soat 17:00 atrofida A.N. (1995 yilda tug‘ilgan) «Qurama» mahallasi hududida shu mahallada yashovchi (1975 yilda tug‘ilgan) Q.F. bilan janjallashib qolgan. A.N. erkakning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazgan va yerga yiqilgan Q.F.ning chap qo‘lini «ZIL MM3554» mashinasi bilan bosib o‘tib ketgan. Oqibatda fuqaro tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida aniqlanishicha, A.N. boshqaruvidagi yuk mashinasini mahalla hududidagi ichki ko‘chalar bo‘ylab boshqarib ketayotganda Q.F.ning Nexia avtomobili yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Natijada u yo‘lini davom ettira olmagan. Q.F. esa mast holatda bo‘lib, unga kutib turishini aytgan va orada janjal kelib chiqqan.

Holat yuzasidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «e» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaro janjal sababli «ZIL»da 46 yoshli erkakning qo‘lini bosib ketdi